IIV Kiberjinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti hamda Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan yirik jinoiy tarmoq faoliyatiga çek qöyildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, tezkor tadbirlar davomida Toşkent şahrida ikkita yirik Call-markaz foş etilgan.
Jumladan, Yaşnobod tumanida joylaşgan biznes markazlardan birining 6-qavatida ötkazilgan tintuv-tergov tadbirlari davomida binoga joylaşib olgan Call-markaz’da jami 97 nafar şaxs aniqlangan. Ularning 5 nafari çet el fuqarolari.

Tezkor tadbirlar Yakkasaroy tumanida ham davom ettirilgan. Biznes markaz binosining 11-qavatidagi Call-markaz’da 34 nafar şaxs faoliyat olib borayotgani, ularning 3 nafari esa çet el fuqarolari ekani aniqlandi.
Call-markaz’larda boşqaruvçi, taşkilotçi, yordamçi, jamoa sardorlari va operatorlar bölgan. Ular oyiga 70 foizgaça daromad orttirişga qiziqtiruvçi kontentlar aks etgan fişing havolalar tayyorlab, Kanada, Buyuk Britaniya, Germaniya, Norvegiya, Gollandiya, Daniya va boşqa xorijiy davlatlar fuqarolariga soxta raqamlar orqali qönğiroq qilişgan hamda treyderlik niqobi ostida investitsiya tariqasida kriptoaktivlarni ötkazma qilişga erişgan.
Markazlardagi xodimlar orasida çet tillarni mukammal biladigan yoşlar, nufuzli universitet talabalari ham bölgan. Ularning har biri kuniga yuzlab qönğiroqlarni amalga oşirgan. Xodimlar çet el fuqarolari bilan taxalluslar orqali suhbatlaşgan. Binoga kiriş qat’iy nazorat ostida amalga oşirilib, maxsus qöriqçilar eşik oldida doimiy faoliyat olib borgan.

Ötkazilgan tezkor tadbir davomida ikki manzildan uyuşgan guruh jinoiy harakatlarni amalga oşirişda foydalangan 136 ta kompyuter, 90 ta monitor, 73 ta protsessor, 53 ta monoblok, 320 ta telefon, 128 ta qattiq disk, 175 ta xotira qurilmasi, ikkita seyf va boşqa turdagi vositalar hujjatlaştirib olingan.

Uşbu sxemani çet el fuqarosi taşkil etgan. U mamlakatdagi noqonuniy faoliyatini 48 yoşli Özbekiston fuqarosi bilan hamkorlikda amalga oşirgan.












