Jahon | 20:03 / 03.12.2016
5227
1 daqiqa o‘qiladi

Indoneziyada qulab tushgan samolyot bortida necha kishi bo‘lganiga aniqlik kiritildi

Indoneziya politsiyasiga tegishli samolyot bortida bo‘lgan kishilar soniga aniqlik kiritildi. ABC News xabariga ko‘ra, samolyot bortida avval xabar qilinganide, 12 kishi emas, 13 kishi bo‘lgan.

Politsiya vakilining aniqlik kiritishicha, samolyot bortida ekipajning 5 a'zosi hamda 8 yo‘lovchi bo‘lgan.

Samolyot Janubiy Xitoy dengizi hududidagi Riau oroli hududida qulab tushgan. Havo layneri Pankalpinang shahridan Batam shahri tomon parvozni amalga oshirayotgan bo‘lgan.

Samolyot qulagani taxmin qilingan joyga qidiruv-qutqaruv amaliyotini o‘tkazish uchun maxsus bo‘linma yuborilgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid