Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston rahbari estremizmga qarshi kurash bo‘yicha yangi taklifni ilgari surdi
Foto: © RIA
Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani "Osiyo yuragi" xalqaro konferensiyasining vazirlar kengashida, mamlakatidagi ekstremizmga qarshi kurash uchun yangi fond tashkil etish tashabbusi bilan chiqdi.
"Osiyo yuragi" konferensiyasi 2011 yildan beri har yili Istanbulda o‘tkaziladi. "Istanbul jarayoni" deb ham ataluvchi anjuman Afg‘onistonning bevosita qo‘shnilari va mintaqadagi yirik davlatlarni birlashtiradi. Uning vazirlar darajasidagi kengashi 4 dekabr kuni Hindistonning Amritsar shahrida bo‘lib o‘tdi.
"Terrorizmga qarshi kurash uchun jamg‘arma zarur. Pokiston Afg‘onistonni qayta tiklash uchun 500 million dollar ajratishini bildirdi. Bu jamg‘arma, ekstremistlarga qarshi samarali kurashishda qo‘l keladi. Chunki, tinchliksiz har qanday yordam xalqimiz talabiga javob bermaydi", — degan G‘ani o‘z ma'ruzasida.
Mavzuga oid
18:25 / 25.05.2026
Qurbon hayiti munosabati bilan Afg‘onistonga insonparvarlik yordami jo‘natildi
21:29 / 21.05.2026
Yevropa “Tolibon”dan nima xohlayapti?
14:30 / 17.05.2026
Afg‘onistondan olib kelingan qariyb 600 kg narkotik modda to‘xtatib qolindi
18:32 / 15.05.2026