Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Angliyada yana drama. «Liverpul» «Bornmut»dan 15 daqiqada 3ta gol o‘tkazib imkoniyatni boy berdi
Angliya premer-ligasining 14-turidan o‘rin olgan yana bir uchrashuv nihoyasiga yetdi. Dramatik ruhda kechgan uchrashuvda jamoalar jami yettita gol kiritishdi.
«Vitaliti — Din Kort» stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar avvaliga 0:2, keyin 1:3 hisoblarida imkoniyatni boy bera turibdi. So‘nggi 15 daqiqa ichida 3ta gol kiritdi va 4:3 hisobida g‘alaba qozondi.
Mehmonlardan gollarga Sadio Mane, Divok Origi va Emre Jan mualliflik qilgan bo‘lsa, mezbonlardan Kallum Uilson, Rayan Freyzer, Stiv Kuk va Natan Ake o‘z hisoblariga bittadan gol yozib qo‘yishdi.
Ushbu natijadan keyin «Liverpul» 30 ochko bilan 3-o‘ringa tushib ketdi. Endi jamoa peshqadam «Chelsi»dan 4 ochko ortda qolmoqda. «Bornmut» (18 ochko) 10-pog‘onani band etgan.
Angliya Premer-ligasi
14-tur
Bornmut – Liverpul – 4:3 (0:2)
Gollar: Mane, 20 (0:1); Origi, 22 (0:2); Uilson, 56 (1:2, pen); Djan, 64 (1:3); Freyzer, 76 (2:3); Kuk, 78 (3:3); Ake, 90+3 (4:3).
Bornmut: Boruts, Frensis, Ake, Smit, Kuk, Arter, Gosling (Afobe, 75), Uilsher, Stanislas (Freyzer, 55), King (Ayb, 46), Uilson.
Liverpul: Karius, Milner, Lovren, Klayn, Veynaldum, Leyva, Mane (Lallana, 69), Jan, Firmino, Xenderson, Origi.
Ogohlantirishlar: Uilshir, 48; Frensis, 50 – Xenderson, 53; Jan, 87.
Mavzuga oid
10:45 / 17.12.2023
APLda qo‘rqinchli voqea. O‘yin vaqtida futbolchining yuragi to‘xtab qoldi
12:21 / 16.03.2023
«Liverpul» yana bir sharmandalikdan qutulib qoldi, ammo keyingi bosqichga «Real» o‘tdi. YeChLda kun o‘yinlari
19:42 / 07.11.2022
«Liverpul» klubi sotuvga qo‘yildi
14:35 / 23.08.2022