APLning 17-turi doirasida «Bornmut» va «Luton» uçraşuvi ikkinçi bölim örtalarida noxuş voqea tufayli töxtatildi — mehmonlar jamoasi sardori Tom Loker huşidan ketib qoldi.
62-daqiqada Loker heç qanday töqnaşuvsiz gazonga qulaganida dastlab atrofdagi futbolçilar uning oldiga çopib borişdi va zaxira örindiğidagi tibbiyot xodimlariga signal bera boşlaşdi. «Luton» boş murabbiyi Rob Edvards ham voqea joyiga yetib keldi. Şifokorlar Lokerga şoşilinç yordam körsatişga kirişdi.
Öyin boş hakami Saymon Huper öyinni töxtatdi va ikki jamoa futbolçilarini kiyim almaştiriş xonasiga olib ketdi. «Bornmut» jamoasi muxlislari raqib himoyaçisining ismini aytib, uni qöllab-quvvatlab tuşişdi.

Futbolçini zambilga ortgan holda maydondan olib çiqib ketişdi, köp ötmay öyinni qoldiriş töğrisida qaror qabul qilindi. «Luton»ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida darhol quyidagiça izoh berildi: «Öyinda tanaffus yuz berdi. Tom Lokerga tibbiy yordam körsatilmoqda. Biz barçamiz sen bilanmiz, Loks».
Sky Spors jurnalisti Geri Tephaus «Bornmut» şifokori Loker «öziga kelgani va savollarga javob qaytarayotgani» haqida aytganini xabar qildi. Öyin vaqtida futbolçining yuragi urişdan töxtab qolgani ma’lum böldi. Ayni vaqtda u şifoxonaga yotqizilgan.

APL rasmiy sahifasida ham hodisa yuzasidan munosabat bildirildi: «Premer liganing «Bornmut» va «Luton Taun» futbol klublari örtasidagi uçraşuvi futbolçi bilan boğliq tibbiy hodisa tufayli bekor qilindi. Xayollarimiz Tom Loker va bugungi öyinda iştirok etgan barça futbolçilar bilan».
Öyin qoldirilganidan keyin jamoalar muxlislarga minnatdorçilik bildiriş uçun maydonga çiqişdi. Bu vaqtda tribunalar «Luton» sardorining familiyasini aytib uni olqişlaşdi.
Loker oldin ham öyin vaqtida huşini yöqotgandi
Loker bundan oldin ham şunday holatga tuşgandi. Joriy yil may oyi oxirida Chempionship-2022/23 pley-off bosqiçi finalida ham Loker huşini yöqotgandi – öşanda ham bu heç qanday taşqi ta’sirsiz bölgandi. Öşanda 12-daqiqada u almaştirilgan – öyin esa davom ettirilgandi.
















