Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyada konstitutsion islohot masalasi bo‘yicha referendum o‘tkaziladi
4 dekabrda Italiyada konstitutsion islohot masalasi bo‘yicha umumxalq referendumi o‘tkaziladi. Mamlakatning ovoz berish huquqiga ega deyarli 46 mln fuqarosiga bosh vazir Matteo Rentsi boshchiligidagi hukumat tomonidan ishlab chiqilgan islohotni qo‘llab-quvvatlash yoki rad etish taklif qilinadi.
Ovoz berish uchastkalari butun mamlakat bo‘ylab soat 07:00da ochilib, 23:00 gacha ishlaydi.
Taklif qilinayotgan islohotga butun muxolifat qarshi chiqmoqda. Referendumning qanday tugashini mamlakat vazirlar mahkamasi va shaxsan Rentsoning kelgusi taqdiri bilan bog‘lashmoqda.
Islohotning muhim bandlaridan birida milliy parlament tarkibi va vazifalarini o‘zgartirish bildirilgan. Bunda qonunchilik jarayonini yengillashtirish, qonun loyihalarini takroran muhokama qilishdan qochish va Italiyada ko‘proq siyosiy barqarorlikni ta'minlash maqsadida joriy ko‘rinishda Senatni bartaraf etish ko‘zda tutilgan. Ikkinchi jahon urushidan keyingi 70 yil ichida Italiyada 65 marta hukumat almashgan. Senat saylov orqali shakllantiriladigan organ bo‘lishdan to‘xtaydi. Unga viloyatlar vakillari hamda yirik shaharlar merlari kiradi.
Bundan tashqari, besh senator Italiya prezidenti tomonidan 7 yillik muddatga belgilanadi. Umrbod senatorlar institutini bartaraf etish rejalashtirilmoqda. Hukumatga ishonch bildirish masalasi bo‘yicha ovoz bermaydigan yuqori palata a'zolari soni uch martga qisqaradi (315 kishidan 10 kishigacha). Bu esa bosh vazirning aytishicha, davlat mablag‘larini ancha tejashga imkon beradi.
Yangi senat qonunchilik jarayonida cheklangan holda, faqatgina viloyatlar yoki Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlarga tegishli qonun loyihalarigina ko‘rib chiqishda ishtirok etadi. Shu bilan birga senatorlar ortidan parlament immuniteti saqlanib qoladi.
Rentsining ta'kidlashicha, ushbu referendum Italiyani o‘zgartirish, uni Yevropada yetakchi rol egallaydigan, barqaror, zamonaviy va raqobatbardosh davlatga aylantirish uchun tarixiy imkoniyatdir.
Mavzuga oid
11:00 / 10.06.2026
Parij isroillik vazirga qarshi sanksiyalar joriy qildi
22:05 / 29.05.2026
Italiya hukumati Sitsiliya mafiyasining millionlab yevro aktivlarini musodara qildi
08:53 / 19.05.2026
O‘zbekistonliklar Italiya fermer xo‘jaliklarida ishlashi mumkin bo‘ladi
09:20 / 14.05.2026