Sport | 22:27 / 05.12.2016
6786
1 daqiqa o‘qiladi

Figu, Rash, Ouen va Roberto Karlos «Liverpul» - «Real» uchrashuvida maydonga tushadi

2017 yilning martida «Liverpul» va «Real» klub afsonalari ishtirokida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.

Hozircha uchrashuvda «Liverpul» tomonidan Gari Makallister, Luis Garsiya, Patrik Berger, Salif Diao, Yeji Dudek, Jyeyson Maketir, Vladimir Shmitser, Devid Tompson, Sander Vesterveld, Ditmar Hamann, Jon Oldridj, Yon Arne Riise, Fil Bebb, Stefan Ansho, Daniel Agger, Maykl Ouen, Robbi Fauler va Ien Rash maydonga tushishlarini tasdiqlagan.

«Real» tomonidan esa hozircha faqat bir qancha futbolchilar Roberto Karlos, Emilio Butrageno, Luish Figu va Stiv Makmanaman o‘ynashini bildirgan. Tarkiblarning to‘liq ko‘rinishi o‘yinga yaqin qolganda e'lon qilinishi kutilmoqda.

O‘yin 2017 yil 25 mart kuni «Enfild»da bo‘lib o‘tadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid