Jamiyat | 12:01 / 05.12.2016
8534
2 daqiqa o‘qiladi

Ganada AQShning soxta elchixonasi borligi aniqlandi

Foto: U.S. Department of State

Gana hukumati tomonidan poytaxt Akkra shahrida noqonuniy va haqiqiy bo‘lmagan vizalar bergan soxta AQSh elchixonasi aniqlandi.

"Uni Qo‘shma Shtatlar hukumati emas, balki Gana va Turkiya jinoyat olamidagi shaxslar, shuningdek, immigratsiya va jinoyat huquqi bilan shug‘ullangan advokat boshqargan", - deyiladi AQSh Davlat departamenti ma'lumotida.

Soxta tashkilot ikki qavatli binoda joylashgan bo‘lib, uning yonida AQSh bayrog‘ini osib qo‘yishgan. Bino devorlarida esa prezident Barak Obamaning suratini ko‘rish mumkin. Jinoiy guruh qo‘l ostidagi mazkur “muassasa” 10 yil davomida, haftasiga uch kundan faoliyat yuritib kelgan.

Konsul va xodimlar rolini ingliz va dancha tillarni puxta egallagan ikki nafar turk ijro etgan. “Elchixona”da soxta hujjatlar tayyorlashgan va firibgarlik yo‘li bilan 6 ming dollar evaziga AQShga viza berishgan.

O‘tkazilgan tintuvlar yakunida soxta hind, janubiy afrikacha va shengen vizalari hamda 10ta davlatga taalluqli bo‘lgan 150ta pasport topilgan.
 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid