Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Google favqulodda vaziyatlarda yaqinlarni izlaydigan ilovani ishga tushirdi
Amerikaning Google korporatsiyasi favqulodda holatlarda yaqinlarni izlashga yordam beruvchi Trusted Contacts ilovasini ishga tushirdi. Bu haqda Mashable xabar bermoqda. Dastur foydalanuvchiga o‘zining joyi to‘g‘risida do‘stlari va qarindoshlariga ma'lumot yuborish imkonini beradi.
Ilovada ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng, telefondagi manzillar kitobidan kerakli odamlarni topib, belgilab qo‘yish zarur hisoblanadi. «Bu sizga istalgan vaqtda turgan joyingiz to‘g‘risida ma'lumot uzatish imkonini beradi», – deb yozmoqda nashr.
Trusted Contacts ilovasi Apple’ning Find My Friends va boshqa ilovalardan farqi u ma'lumotlarni hammaga emas, balki bitta yoki barcha ishonchli odamlarga uzatadi.
Dastur oflayn rejimida ishlashga moslashtirilgan. Bunday holatda ilova foydalanuvchining o‘ziga ma'lum eng so‘nggi joyi haqidagi ma'lumotni uzatadi.
Mavzuga oid
08:15 / 04.06.2026
Google xavfli kasalliklarga qarshi chivinlar yordamida kurashmoqchi
08:46 / 02.06.2026
YeI Google va Microsoft uchun davlat tenderlarini cheklashi mumkin
18:27 / 08.05.2026
O‘zbekistonliklarning xorijiy bigtex kompaniyalar pulli xizmatlaridan foydalanishi 80 foizga oshdi
15:58 / 30.01.2026