Jahon | 08:17 / 05.12.2016
8029
1 daqiqa o‘qiladi

Kerri Trampga xorijiy yetakchilar bilan bog‘lanishdan avval maslahat so‘rashni tavsiya qildi

Foto: © AP

AQSh davlat kotibi Jon Kerri AQShning prezidenti etib saylangan Donald Trampga xorijiy yetakchilar bilan bog‘lanishdan avval Davlat departamentiga murojaat qilishni tavsiya qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.     

"Uning avvalgi muloqotlari oldidan biz bilan biror marta bog‘lanmagan. O‘ylashimcha, maslahat so‘rash, qilish yoki qilmaslik – bu boshqa masala. Bu ahamiyatlidir, unga muayyan masalalarning joriy holatini bilib olishni maslahat qilaman", deb tavsiya qildi Kerri Trampga.

Avvalroq Washington Post Tramp Tayvandan bildirilgan "tabrik qo‘ng‘irog‘iga" javob berib ortiqcha "bosh og‘rig‘i" qilganini yozgandi. 

Nashrning ta'kidlashicha, Trampga qarshi chiquvchilar ishora qilayotgan asosiy muammo shundaki, "keskin va juda sergap Tramp" nozik diplomatiyani eplay olmaydi.

 

Mavzuga oid