Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bir guruh sudyalar davlat mukofotlari bilan taqdirlanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda Oliy sud sudyalari va xodimlari, Oliy sud huzuridagi Tadqiqot markazi hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirda mustaqillik yillarida O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi sudya va sud xodimlarining 123 nafari davlatning yuksak unvon, orden va medallari bilan taqdirlangan bo‘lsa, shundan 17 nafar sudya "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist" faxriy unvoniga sazovor bo‘lgani aytib o‘tildi.
Mustaqillikning 25 yilligi arafasida huquqiy davlatni shakllantirish va milliy qonunchi¬likni takomillashtirishga, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini, huquq va erkinliklarini himoya qilishga, qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlashga, jamiyatda huquqiy madaniyatni oshirish va yuqori malakali yuridik kadrlarni tayyorlashga qo‘shgan katta hissasi uchun bir guruh sudyalar davlatning yuksak mukofotlari bilan taqdirlanishdi.
Tadbirda ushbu mukofotlar o‘z egalariga tantanali ravishda topshirildi.
Dilshodabonu Avvalboyeva,
Jurnalist
Mavzuga oid
20:14 / 06.05.2026
Oliy sud sovet davri qatag‘on qurbonlaridan 161 nafarini oqladi
16:21 / 10.04.2026
Toshkent tumanida bog‘cha mudirasi 13 mln so‘mni o‘zlashtirishda ayblangandi. Oliy sud uni oqladi
22:52 / 01.04.2026
Tramp shaxsan AQSh Oliy sudidagi eshituvga keldi
18:44 / 01.04.2026