Sport | 23:44 / 06.12.2016
16205
1 daqiqa o‘qiladi

Krishtianu Ronaldu uzoq muddatga qamalishi mumkin

Foto: Mundo Deportivo

Moliyaviy mutaxassislar Kengashi (Gestha) Bosh kotibi Xose Mariya Molinedo soliqlardan to‘lashda qilgan firibgarliklari uchun «Real» va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduga qamoq jazosi xavf solayotganini haqida xabar berdi.

«Ma'lum bo‘lgan ma'lumotlarga qaraganda, futbolchi 160 mln yevrodan ortiq mablag‘ni yashirib, firibgarlik ishlatgan. Gap o‘tgan uch yil davomida sodir etilgan qonunbuzarliklar haqida ketmoqda. Har bir yil uchun 2 yillik qamoq jazosi ko‘zda tutilgan. Shunda umumiy hisobda 6 yil muddat kelib chiqadi» - deya RAC 1 nashriga gapirib bergan funktsioner.

Qayd etib o‘tish joiz, Ispaniya Moliya vazirligi bu firibgarliklar yuzasidan tergov ishlari  boshlashini ma'lum qilgan. Bundan tashqari 31 yoshli futbolchiga boshqa bir tovlamachilik: marketing huquqini sotishda 31 million yevro soliqlarni yashirganligi bo‘yicha ham tergov ishlari boshlanishi mumkin.

Mavzuga oid