O‘zbekiston | 21:52 / 06.12.2016
4686
1 daqiqa o‘qiladi

Lukashenko Shavkat Mirziyoyevni tabrikladi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekistonning yangi prezidentiga aylangani munosabati bilan tabrikladi. Bu haqda Belarus rahbari matbuot xizmati xabar qilgan.

«Saylov yakunlari mamlakat fuqarolari sizning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini oshirishga va xalq farovonligiga qaratilgan bunyodkorlik ishlaringizni yuqori baholaganini ko‘rsatadi», — deyilgan tabriknomada.

Aleksandr Lukashenko Belarus va O‘zbekiston hamkorligini kengaytirish borasida muloqotlar o‘tkazilishidan manfaatdor ekanini tasdiqlagan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid