Agar NATO davlatlari Belarusga hujum qilsa, Minsk Rossiya bilan kelişuv asosida mamlakatga joylaştirilgan yadroviy qurolni qöllaydi. Bu haqda respublika prezidenti Aleksandr Lukaşenko ma’lum qildi.
«Ular bizga hujum qilişi bilan yadroviy qurolni qöllaymiz. Va Rossiya biz tomonda», — deydi Lukaşenko. Uning ta’kidlaşiça, RF prezidenti Vladimir Putin yadroviy doktrinaga özgartiriş kiritiş böyiça yaqindagi nutqida Belarus öz himoyasi uçun yadroviy quroldan foydalanişi mumkinligini tasdiqlagan.
Uning sözlariga köra, Polşa va Amerika harbiylari allaqaçon, Belarus çegarasiga kelib bölgan, Polşa hukumati hujum uyuştiriş uçun «qölini işqalab», kerakli vaqtni kutmoqda. Şu bilan birga, Lukaşenko Minsk tomonidan yadroviy qurol qöllanişi natijasida Rossiya ham javob qaytarişidan ogohlantirdi.
«Rossiya özining butun yadroviy arsenalini qöllaydi. Bu esa jahon uruşi degani. Ğarb buni xohlamaydi. Ular bunga tayyor emas. Ammo biz oçiq gapiramiz: qizil çiziq — davlat çegarasi. Uni bosdingmi — şu on javob olasan», — deya ta’kidlaydi Belarus prezidenti.
SSSR tarqalgaç, Belarus öz yadroviy qurollaridan voz keçgan va 1994 yilda Yadroviy qurolni tarqatmaslik bitimiga qöşilgan. Respublika hududidan yadroviy qurollar 1996 yilning noyabrida töliq olib çiqib ketilgan.
Biroq 2023 yil martida Vladimir Putin Rossiya taktik yadroviy qurollarini Belarus hududiga joylaştiriş rejasi haqida gapirgan edi — u Amerika şu kabi qurollarini Yevropa davlatlariga joylaştirganini misol qilib keltirgan. Öşa yilning iyuni örtalarida birinçi yadroviy zaryadlar respublikaga olib kelingan.
2024 yilning yoz fasli boşlariga kelib Belarus harbiylari strategik bölmagan yadroviy qurolni qöllaş böyiça tayyorgarlikdan ötdi. 25 sentabr kuni Putin Xavfsizlik kengaşining tiyib turuvçi yadro kuçlari böyiça yiğilişida Rossiya öz ittifoqçisi bölgan Belarusga hujum uyuştirilganda ham yadroviy qurolni işga soliş huquqini özida saqlab qolişini ma’lum qilgandi.

















