Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko yana Rossiyadan Belarusda ikkinchi AESni qurishni so‘radi
Bir necha yillardan beri Rossiyadan Belarusda ikkinchi atom elektr stansiyasini qurishni so‘rab kelayotgan Aleksandr Lukashenko yana Ukrainaning bosib olingan hududlarini energiya bilan ta’minlash uchun undan foydalanishni taklif qildi.
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Ukrainaning Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun Belarusda yana bir atom elektr stansiyasi (AES) qurishni taklif qildi. Uchrashuv stenogrammasi 26 sentabr, juma kuni Kreml saytida chop etildi.
Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, bu AES sharqiy Belarusda qurilishi mumkin. U Ukrainaning Rossiya o‘ziniki deb hisoblagan Xerson, Zaporijjiya, Luxansk va Donetsk viloyatlariga elektr energiyasi yetkazib berishni o‘z maqsadlaridan biri deb atadi.
"Rosatom" atom energetikasi sohasini yanada kengaytirish imkoniyatlarini allaqachon ishlab chiqqan. Men bu yerda moliyaviy masalalarni omma oldida muhokama qilishni istamayman. Bizda variantlar bor, ular haqida aytib beraman, agar qaror qabul qilinsa, zarurat tug‘ilsa, darhol yangi energiya bloki yoki yangi stansiya qurishni boshlaymiz", — dedi Lukashenko.
Putin bu taklifni to‘g‘ridan to‘g‘ri qo‘llab-quvvatlamadi va faqat «moliyalashtirish umuman muammo emas», deb tushuntirdi. «Agar elektr energiyasini olib, kerakli tarifni to‘laydigan iste’molchi bo‘lsa, bu umuman muammo emas», dedi Rossiya prezidenti.
Mavzuga oid
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
17:21 / 17.06.2026
Saida Mirziyoyeva Mixail Mishustin bilan iqtisodiy hamkorlikni muhokama qildi
15:51 / 17.06.2026
Rossiya ichkarisiga dron hujumlari bilan Ukraina nimaga erishyapti?
09:20 / 17.06.2026