Haagadagi Xalqaro jinoiy sud (XJS) prokuraturasi Belarusga nisbatan uşbu mamlakat rahbari Aleksandr Lukaşenko va uning rejimi tanqidçilarini deportatsiya qilişda gumon qilinib, rasmiy tergov boşladi. XJS 12 mart, payşanba kuni bildirişiça, batafsil dastlabki tekşiruvdan söng Minsk hokimiyati insoniyatga qarşi jinoyatlar sodir etgan bölişi mumkinligi haqida asosli gumonlar mavjud.
2020 yildan buyon siyosiy muxoliflarni mamlakatdan kuç bilan çiqarib yuboriş töğrisida qaror qabul qilgan hukumatning yuqori lavozimli a’zolari gumon ostiga tuşdi. Hujjatda qayd etilişiça, “ayblov tomoni taxmin qilinayotgan jinoyatlar hokimiyatning eng yuqori poğonalari tomonidan rağbatlantirilgan yoki ma’qullangan, degan xulosaga keldi”. Prokuratura ma’lumotiga köra, belarus rejimi tanqidçilari Litvaga çiqarib yuborilgan.
Tergov 2024 yil 30 sentabrdan Litvaning söroviga binoan olib borilgan. Belarusdan farqli ölaroq, Litva XJS a’zosi hisoblanadi. Agar taxmin qilinayotgan qonunbuzarliklar kamida bitta iştirokçi davlatga daxl qilsa yoki bu masala BMT Xavfsizlik kengaşi qaroriga oid bölsa, Xalqaro jinoiy sud tergov ötkaziş huquqiga ega.
XJS prokuraturasi taxmin qilinayotgan jinoyatlar transçegaraviy xususiyatga ega bölganini va qisman Litva hududida sodir etilganini aniqladi, şu sababli ular Haagadagi sud yurisdiksiyasiga kiradi. Tergov yakunlariga köra, yetarli asosli gumonlar mavjud bölsa, hibsga oliş orderlari berilişi mumkin.
2020 yil avgust oyidagi prezident saylovlaridan söng Belarusda ularning natijalari soxtalaştirilganiga qarşi keng kölamli namoyişlar boşlandi. Aleksandr Lukaşenko özini saylov ğolibi deb e’lon qildi, saylovoldi kampaniyasining boşqa iştirokçilari esa ozodlikdan mahrum etildi yoki mamlakatni tark etişga majbur böldi. Ön minglab odamlar qölga olindi, minglab kişilar hukm qilinib, hozir ham qamoqda saqlanmoqda. Taxminiy hisob-kitoblarga köra, 500 mingdan 600 ming nafargaça odam Belarusni majburan tark etgan.












