Jamiyat | 18:32 / 06.12.2016
5030
2 daqiqa o‘qiladi

Moskvada ikki keksa ayolni o‘ldirgan qirg‘izistonlik uzoq yilga qamaldi

Sud 2015 yil Moskvada yolg‘iz yashovchi ikki nafar ayolning joniga qasd qilgan 33 yashar Farhod Habibilayevga hukm o‘qidi. U qurbonlarining uyiga tibbiy jihoz olib keluvchi kurer qiyofasida kirgan. Bu haqda 6 dekabr kuni Rossiya tergov qo‘mitasi poytaxt boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Yuliya Ivanova ma'lum qildi.

F. Habibilayev 24 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan. U dastlabki 10 yilni qamoqxonada, qolgan jazo muddatini esa qattiq tartibli koloniyada o‘tkazadi.
«Hibibullayev 2015 yilning 25 may kuni Moskva shahrida yolg‘iz yashovchi 76 yashar ayolga hujum qiladi. Uni bo‘g‘ib o‘ldirgach, xonadondan 20 ming rubl olib chiqib ketadi. Keyinroq, 2015 yilning 24 iyun kuni Moskva shahrida yolg‘iz yashovchi 88 yashar ayolning boshiga o‘tmas buyum bilan kamida yetti marta uradi, so‘ngra uni bo‘g‘ib o‘ldiradi», — dedi Ivanova.

Ikkinchi qurbonining joniga qasd etgan jinoyatchi xonadonni tintib chiqib, u yerdan 70 ming rubl hamda jabrdiydaning ukasidan yodgor qolgan “Sobiq ittifoq qahramoni” ordenini olib chiqib ketadi.

Surishtiruv natijalari shuni ko‘rsatdi-ki, Qirg‘izistondan Moskvaga kelgan 33 yashar Farhod Habibullayev haqiqatan ham tibbiyot firmalaridan birida noqonuniy ravishda kurer bo‘lib ishlagan. Uning qurbonlari ana shu firma mijozlari bo‘lishgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid