Rossiya boş vaziri örinbosari Aleksandr Novak 10 iyul kuni jurnalistlar bilan muloqotda mamlakatda yonilği ta’minoti bilan boğliq muammolar mavjudligini oçiq tan oldi.
«Biz muammolar borligini va tanqislik mavjudligini tan olişimiz kerak. Ana şu tanqislik tufayli ayrim joylarda navbatlarni kuzatyapmiz», — dedi u.
Novakning ta’kidlaşiça, bu holatning asosiy sababi neftni qayta işlaş zavodlarining Ukraina dronlari hujumlari natijasida qisman işdan çiqqani hisoblanadi. Uning sözlariga köra, bu işlab çiqariş hajmining pasayişiga va içki bozorda yonilği yetişmovçiligiga olib kelgan.
Bunga qadar Rossiya federal hukumati mamlakatdagi yoqilği tanqisligini NQZga qilingan hujumlar bilan oçiq boğlaşdan tiyilib kelgan edi. Masalan, 8 iyul kuni prezident Vladimir Putin iştirokida ötgan hukumat yiğilişida Novak faqat Ukraina qurolli kuçlari hujumlari oqibatida benzin va dizel işlab çiqariş hajmi qisqarganini qayd etgan, ammo tanqislik haqida töğridan töğri gapirmagan.
Yonilği inqirozini yumşatiş maqsadida Rossiya hukumati bir qator çeklov çoralarini ham joriy qildi. Xususan, mamlakatdan benzin va dizel yonilğisini eksport qiliş vaqtinça taqiqlandi. Rasmiylar bu orqali içki bozorni yonilği bilan ta’minlaşni barqarorlaştirişga harakat qilmoqda.
Financial Times naşri baholaşiça, Rossiyadagi yonilği tanqisligi mamlakatning taxminan 50 million aholisiga, ya’ni umumiy aholining qariyb 35 foiziga bevosita ta’sir körsatmoqda. Bu esa muammoning mahalliy emas, balki keng kölamli tus olganini körsatadi.
















