Iqtisodiyot | 18:19 / 06.12.2016
3428
1 daqiqa o‘qiladi

Niderlandiyaning yirik banki Osiyo va Yaqin Sharqdagi aktivlarini 20 milliard dollarga sotib yuboradi

Foto: abnamro.com

Niderlandiyaning ABN Amro banki Lixtenshteyndan bo‘lgan LGT kompaniyasiga xususiy mijozlarga bank xizmatini ko‘rsatish biznesini sotib yubormoqchi. Uning qiymati 20 milliard dollar atrofida baholangan. Bu haqda ABN Amro bayonotida aytildi.

«Strategiyamizni qayta ko‘rib chiqib, Yevropaning shimoli-g‘arbiy qismida xususiy mijozlarga bank xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha biznesimizni yanada mustahkamlashga bor e'tiborni qaratishga qaror qildik. Shu sababdan, xususiy bank biznesni sotishimiz – bu yo‘nalishdagi tabiiy qadamdir», - ma'lum qildi ABN Amro bosh direktori Yyerun Riypekma.

Ma'lum bo‘lishicha, kelishuv 2017 yilning ikkinchi kvartalida yakuniga yetkaziladi.

Xabarlarga ko‘ra, LGT boshqaruv kompaniyasi kelishuv tugatilgach, aktivlar hajmini 40 milliard dollarga yetkazadi.
 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid