OAV: “Oltin to‘p” mukofotini 2016 yilda kim olishi ma'lum
Madridning “Real” futbol klubining portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu France Football jurnali tomonidan topshiriluvchi 2016 yilgi “Olti to‘p” mukofotini qo‘lga kiritadi. Bu haqda Ispaniyaning Mundo Deportivo gazetasi xabar bergan.
Jurnal mukofotga nomzodlar nomini 24 oktabr kuni ma'lum qilgan bo‘lib, ro‘yxatga 30 o‘yinchi kiritilgandi. Keyinroq esa uch o‘yinchidan iborat yakuniy ro‘yxat oshkor bo‘ldi. Undan Lionel Messi, Antuan Grizmann va Krishtianu Ronaldu o‘rin oldi.
Mukofot egasini rasman e'lon qilish marosimi 12 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Biroq, gazetaning ta'kidlashicha, “Real” ham, Ronaldu ham “Oltin to‘p” laureatiga aynan portugaliyalik forvard aylanishi haqida bildirishnoma olishgan. Ta'kidlanishicha, jurnal vakillari Madridga payshanba kuni uchib kelib, futbolchi bilan maxsus intervyu va fotosessiya o‘tkazadi.
Ma'lumot uchun, Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) joriy yildan mukofotni topshirmaydi – tashkilot va France Football o‘zaro hamkorligi yakunlandi. “Oltin to‘p” jurnal tomonidan 1956 yildan beri topshirib kelinadi.
Mavzuga oid
10:50 / 01.11.2024
France Football bosh muharriri Vinisius nega «Oltin to‘p» yutmaganini tushuntirdi
15:33 / 30.10.2024
Vinisiusning fanatlari nafratini Rodrining «adash»lariga sochishdi
16:30 / 29.10.2024
Egasini topgan «Oltin to‘p». Yoki «Real»ga nisbatan adolatsizlik qilindimi?
02:55 / 29.10.2024