Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya bosh vaziri Medvedev Shavkat Mirziyoyevni saylovlardagi g‘alaba bilan tabrikladi
Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekistonning yangi prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi. Bu haqda Rossiya hukumatining saytida ma'lum qilingan.
Medvedev telefon orqali suhbatda Shavkat Mirziyoyevni saylovlardagi g‘alaba bilan tabriklab, unga "belgilagan vazifalarni amalga oshirishda muvaffaqiyatlar tilab qolgan".
Ma'lum qilinishicha, Shavkat Mirziyoyev suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Rossiya hamkorligining yanada rivojlanishidan manfaatdorlikni tasdiqlagan.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham Shavkat Mirziyoyevni g‘alaba bilan tabriklagandi. U O‘zbekistonning yangi prezidentini Rossiyaga tashrif buyurishga taklif qilgan.
Mavzuga oid
10:50
Kiyev yana raketa hujumiga uchradi
23:00 / 13.07.2026
«Qo‘limga qurol olgandan ko‘ra, o‘rmonda o‘lishga tayyor edim» - 14 kunlik xavfli yo‘l
20:44 / 13.07.2026
Rossiya prezidentligi sayloviga qo‘yilmagan Boris Nadejdin Moskvada qo‘lga olindi
16:29 / 13.07.2026