O‘zbekiston | 12:57 / 07.12.2016
13587
2 daqiqa o‘qiladi

8 dekabr O‘zbekistonning janubiy hududlarida yomg‘ir yog‘ishi kuzatiladi

Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 8 dekabr kuni poytaxtda havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kechasi 4-6, kunduzi 8-10 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Kechasi 4-9, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Kechasi 4-9, kunduzi 9-14 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik bo‘lib, tuman tushadi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Kechasi 0-5, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid