Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Antonov" Donald Trampga o‘z samolyotlarini taklif qildi
Foto: © RIA
Ukrainaning aviasozlik konserni "Antonov" AQShning bo‘lg‘usi prezidenti Donald Trampga birinchi raqamli bort sifatida o‘z samolyotidan foydalanishni taklif qildi.
"Balki birinchi raqamli bort sifatida "Antonov" samolyotidan foydalangan ma'qulroqdir?", deb aytildi konsernning Twitter’dagi sahifasida. Kontsernda bu samolyot qancha turishi borasida aniqlik kiritilmagan.
Avvalroq Tramp Boeing’ning yangi prezident samolyotlari 4 mlrd dollarga aylanishini aytib, xarajatlar juda kattaligi sababli bitimni bekor qilish bilan tahdid qilgandi.
Hozirda AQSh prezidenti 30 yil avval yaratilgan ikkita Boeing 747-200B samolyotidan foydalanadi. Yangi samolyotlarni 2023-2024 yillarda safga tushirish rejalashtirilgan.
Joriy yil yanvarida Boeing kompaniyasi AQSh prezidentlari uchun Boeing 747-8 negizida yangi avloddagi samolyotlarni yaratishga shartnomani olgandi. Dastlab shartnoma qiymati 3 mlrd dollarni tashkil qilishi taxmin qilingandi. Agar bu samolyotlar yaratilgudek bo‘lsa, Tramp ularda ikkinchi muddatga saylangan taqdirdagina parvoz qila olishi mumkin.
"Antonov" konserni 2005 yilda yaratilgan. Kontsern tomonidan "Ruslan" va "Mriya" kabi ulkan samolyotlar yaratilgan.
Mavzuga oid
10:29 / 12.08.2020
Tramp dunyodagi bosh muammoni ma'lum qildi
07:30 / 11.08.2020
Tramp Oq uy oldidagi otishma sababli matbuot anjumandan olib chiqib ketildi
22:47 / 10.08.2020
Tramp Portlendga milliy gvardiya kuchlarini kiritishga chaqirdi
03:48 / 10.08.2020