Sport | 18:02 / 07.12.2016
8229
2 daqiqa o‘qiladi

«Borussiya» futbolchisi 27 yoshida faoliyatini yakunlashga majbur bo‘ldi

Menxengladbaxning «Borussiya» jamoasi himoyachisi Alvaro Dominges futboldan ketishi haqida ma'lum qildi.

27 yoshli ispaniyalik futbolchi bel qismidagi muammolar tufayli shu qarorni qabul qilishga majbur bo‘lgan.

«Keyingi yillarda jismonan juda yomon holatda bo‘ldim. Men o‘ynashda davom etgandim, buning uchun 2 marta operatsiya qilindim. Ammo buning oqibati yaxshi bo‘lmadi.

Bu shunga olib keldiki, endi men futbol o‘ynay olmayman va bugun nogiron bo‘lib qolmaslik uchun 27 yoshimda o‘zim sevadigan futbolni tark etishga majburman», — deya yozgan Dominges o‘zining Facebook’dagi sahifasiga joylagan videomurojaatida.

Dominges Madridda tug‘ilgan va «Real» akademiyasida futbol bilan shug‘ullana boshlagan, u 2001 yilda «Atletiko» yoshlar jamoasiga o‘tgan va bu jamoa uning professional faoliyatidagi ilk jamoa bo‘lgan.

2012 yilda u menxengladbaxliklarjamoasi safiga kelib qo‘shilgandi. 2015 yilda Dominges belida og‘riq his qila boshlagach, 2014/15 yilgi mavsumning oxirini va keyingi chempionat boshini o‘tkazib yuborgandi.

2015 yilning 7 noyabr kunida «Ingolshtad»ga qarshi uchrashuv Domingesning oxirgi uchrashuvi bo‘lib qoldi.

Mavzuga oid