Jahon | 17:04 / 07.12.2016
12381
1 daqiqa o‘qiladi

Imomali Rahmon Jahon banki yordam berishiga umid qilmoqda

Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Dushanbe shahridagi Millat saroyida Jahon bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Liliya  Burunchuk va Taraqqiyot bo‘yicha Vulfenson markazi ijrochi direktori Yoxannes Linni qabul qildi. Bu haqda Tojikiston prezidenti matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Uchrashuvda jahon moliya inqirozining milliy iqtisodiyotlarga salbiy ta'sirini kamaytirish masalalari muhokama qilingan. 

Imomali Rahmon respublika iqtisodiyotini rivojlantirishda jahon moliyaviy institutlarining ishtirokini e'tirof etib, ularning tajribasidan foydalanishini ta'kidlagan. 

Prezident matbuot xizmati xabarida qayd etilishicha, Tojikiston rahbari respublikaning taraqqiyot bo‘yicha hamkorlari inqiroz sharoitida davlat byudjyetiga ko‘mak berishiga umid bildirgan. 

Mavzuga oid