Jamiyat | 14:21 / 07.12.2016
4257
1 daqiqa o‘qiladi

Indoneziyadagi zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 90 nafardan oshdi

Foto: EPA

Indoneziya qirg‘oqlarida yuz bergan 6,4 magnitudali zilzila oqibatida kamida 92 kishi halok bo‘ldi, deb xabar berdi Sky News Australia.

Mamlakat QKning Achex viloyatidagi qo‘mondoni so‘zlariga ko‘ra, yer silkinishi natijasida 300 ga yaqin kishi jabrlangan bo‘lib, 73 nafar insonning ahvoli og‘ir deb baholanmoqda. Qutqaruvchilarning ma'lumotiga ko‘ra, tabiiy ofat sabab 125 uy, 105 noturar joy obektlari va 14 masjid vayronaga aylangan.

Avvalroq, 54 kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi.

Zilzila mahalliy vaqt bilan taxminan soat 05:03 da (Toshkent vaqti bilan 03:03) yuz bergan bo‘lib, uning markazi Sumatra orolining shimoliy qirg‘og‘ida joylashgan Banda-Achex shahridan 92 kilometr sharqda bo‘lgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid