Messi va Ronaldu «Leyptsig» talablariga to‘g‘ri kelmasligi ma'lum bo‘ldi
«RB Leyptsig» klubi sport direktori Ralf Rangnik jamoasining muvaffaqiyatlari, bundesligada davom etayotgan peshqadamlik haqida gapira turib, Messi va Ronaldu jamoasiga to‘g‘ri kelmasligini ma'lum qildi.
«Bilmadim, bu revolyutsiyami yo‘qmi, ammo bir necha yil oldin 4-divizionda o‘ynayotgan jamoa endilikda bundesligada 13 turdan keyin 33 ochko jamg‘arib peshqadamlik qilsa, har doim g‘alati tuyuladi.
Har safar yangi klub paydo bo‘lganida, raqib jamoa fanatlari ularni dushmandek ko‘radi. Biroq hozir erishayotgan natijalarimiz uchun munosib ekanimizga ishonadigan odamlar nafaqat Leyptsigda, balki boshqa joylarda ham bor.
Messi yoki Ronalduni klubimizga o‘tishi haqida o‘ylash bema'nilik bo‘lardi. Ular bizning klub uchun juda qarilik va qimmatlik qiladi», deya Rangnikning so‘zlaridan iqtibos keltiradi A Bola.
Mavzuga oid
11:38 / 15.03.2023
Holand bir soatda besh gol urdi. YeChLda kun o‘yinlari
03:16 / 23.02.2023
YeChL. «Man Siti» Leypsigda durang o‘ynadi, Lukaku «Inter»ga g‘alaba keltirdi
11:34 / 03.11.2022
«PSJ» 2-o‘ringa tushirib yuborildi. YeChLda guruh bosqichi yakunlari
19:36 / 24.09.2021