Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sumatra zilzilasi qurbonlari 100 nafarga yaqinlashdi
Indoneziyaning Sumatra orolida yuz bergan zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 97 nafarga yetdi. Bu haqda mamlakat tabiiy ofatlarning oldini olish milliy boshqarmasi (BNPB) rahbari Villem Rampangiley ma'lum qilgan.
"Bu ma'lumotlar G‘arbiy Indoneziyaning 17:00dagi vaqtiga (Toshkent vaqti bilan 15:00) taalluqli", — deb uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda “Antara” axborot agentligi.
Avvalroq qurbonlar soni 92 nafar ekanligi aytilgan edi. Rampangileyning so‘zlariga ko‘ra, 411 kishi og‘ir, 125 kishi yengil turdagi jarohat olgan.
BNPB axborot markazi rahbari Sutopo Purvo Nugroxoning so‘zlariga ko‘ra, tabiiy ofatning asosiy zarbasi Pididjaya tumaniga tushgan. "Pididjayada 91 kishi, Biren tumanida ikki kishi, Pidi tumanida bir kishi halok bo‘lgan", — deb uning so‘zlaridan ma'lumot keltirib o‘tgan Detik.com portali.
Mavzuga oid
09:25 / 06.03.2026
Malayziya va Indoneziyadan jalb qilingan sayyohlar uchun subsidiya ajratiladi
08:56 / 27.02.2026
2026 yilda Imom Buxoriy majmuasiga 100 ming indoneziyalik ziyoratchi kelishi kutilmoqda
11:17 / 10.02.2026
YeI ilk bor uchinchi davlatlar portlariga sanksiya qo‘llashni ko‘rib chiqmoqda
19:34 / 11.01.2026