Olib borilgan tadqiqotlar şuni körsatdiki, har yuz yilda kun davomiyligi 1,8 millisekundga uzayadi.
Buyuk Britaniyaning Darem universiteti astronomlari insoniyat tarixida qaçon 25 soatli sutka bölişini aniqlaşdi. Tadqiqot natijalari şuni körsatdiki, 200 million yildan söng bir sutka 24 emas, 25 soatdan iborat böladi.
Olimlar bunday xulosaga miloddan avvalgi 720 yildan milodiy 2015 yilga qadar bölgan quyoş va oy tutilişini örganiş davomida kelişdi. Mutaxassislarning sözlariga köra, quyoş tutilişi sayyoramizdagi fasllar almaşinuviga ta'sir ötkazadi.
Bundan taşqari, olimlar Yer sayyorasining Quyoş tegrasida aylaniş tezligi pasayganini aytişgan, deb xabar bermoqda Sky News.












