Donişmandlardan biri bunday debdi: «Har kungi bajargan va bajara olmagan amallaring, besamar ötgan vaqting senga körsatib turilsa, boy bergan vaqtingni öylab, ğam-ğussaga botarding. Lekin Alloh taolo şunday bir tadbir qilib, seni bu holni körişdan mahrum etdi. Tasalli va taskin uçun dunyoning baloyu ofatlari orasiga lazzat va zavqni joylab, seni ana şu lazzat va zavq bilan maşğul etdi. Agar bilsang, aslida dunyo qalampirdan ham aççiqroq. Biroq har narsani bilguvçi Zot uni şu tariqa şirin narsalar bilan qoriştirib qöydi. Dunyoning sabablarini sifatlaşga uringan odamni Öz işlari bilan horitdi. Dunyoning ajoyibotlari ötkir bir voiz aytgan ta'sirli sözlardan ham köpdir».

Darhaqiqat, dunyo gözal va şirin. Dunyo hirsi hamma narsadan ustundir, u insonni bitmas-tuganmas orzu-havaslar sari yetaklaydi. Inson söngsiz orzu-havaslarga beriladi, ammo heç qaçon ularning oxiriga yetolmaydi. Qança topib-tutmasin, baribir qanoatlanmaydi.

Hikoyat qilinişiça, bir kun Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) qöllariga uçta tayoq oldilar. Birini oldilariga, ikkinçisini yonlariga qöydilar. Uçinçi tayoqni esa uzoq bir yerga otib, şunday dedilar: «Manavi oldimdagi – inson, yonimdagisi – ajal. Anavi uzoqqa otganim esa orzu-havasdir. Inson özidan juda uzoqlarda bölgan orzu-havaslarga yetişmoqçi bölib, uzluksiz harakat qiladi. Lekin ajal yaqinroq bölgani uçun, inson orzu-havasga yetişmasdan avval ajal uning yoqasidan oladi».

Rivoyatlarda keladi, xalifa Horun ar-Raşid öz zamonasining piri bölmiş Şaqiq Balxiy hazratlarini tez-tez ziyorat qilib turar ekan. Ana şunday ziyoratlarning birida hazrati Balxiy xalifaga şunday debdilar:

– Tasavvur qil, sahroda yolğiz qolgansan, taşnalikdan ölay deb turibsan. Ammo bir qultum suv bölsa, hayotingni saqlab qoliş mumkin. Şu payt kimdir kelib, «Suv sotaman», desa, nimangni bergan bölar eding?

– Nimani sörasa, beraman. Unday paytda pul haqida öylab ötirmayman, – debdi xalifa.

– Agar öşa odam bir qultum suv uçun butun boyligingning yarmisini sörasa ham berarmiding? – sörabdilar hazrat.

– Albatta berardim, –  debdi xalifa.

– Yaxşi, yarim boyligingga bir piyola suv sotib olib, içding. Endi tasavvur qil, biroz vaqt ötib, öşa suv tahoratingni tang qildi, ammo sen uni çiqara olmay qolding. Tabiblaring ham seni davolay olişmadi. Söng yana kimdir kelib, «Qolgan boyligingni ham bersang, muşkulingni oson qilaman» desa, rozi bölarmiding?

– O, bunday azobdan qutuliş uçun borimni berişga ham roziman, tuzalsam böldi, – debdi xalifa.