Taşkilot hisob-kitoblariga köra, milliarderlarning jami boyligi 2020 yil mart oyidan beri 81 foizga ösib, tarixiy maksimum — 18,3 trillion dollarga (15,8 trln yevro) yetgan. Oxfam ta’kidlaşiça, sayyoradagi eng boy inson — Ilon Mask tört soniyada dunyo böyiça örtaça yillik daromadga teng summa işlab topadi.

Şu bilan birga, hisobotga köra, insoniyatning qariyb yarmi qaşşoqlikda yaşaydi. Jahon boyligining atigi 0,52 foizi qaşşoq aholi uluşiga töğri keladi, haddan taşqari boy eng yuqori 1 foizga esa 43,8 foiz töğri keladi.

“Biz milliarderlar davrida yaşayapmiz — va bu dunyo uçun yomon yangilik”, — dedi Oxfam’ning Germaniya bölimi raisi Şarlotte Beker. Uning sözlariga köra, öta boylarning iqtisodiy qudrati siyosiy ta’sirga aylanib borayotgani alohida taşviş uyğotadi — bu demokratiyani yemirib boradi.

Beker qöşimça qilişiça, bu jarayon va uning butun dunyo uçun salbiy oqibatlari AQŞ prezidenti Donald Tramp misolida yaqqol körinadi: “boylar manfaatiga yönaltirilgan siyosat tengsizlikni kuçaytiradi”, deydi u.

Oxfam’ning yillik hisobotida aytilişiça, Germaniya hozirgi paytda milliarderlar soni böyiça dunyoda törtinçi örinni egallab turibdi. 2025 yilda ular soni uçdan birga köpaygan: Oxfam GFRda 172 nafar milliarderni sanagan. Taşkilot ma’lumotiga köra, oddiy nemis milliarderi bir yarim soatda Germaniyadagi örtaça yillik daromadga teng summa işlab topadi. Ayni paytda, Germaniya aholisining beşdan biri qaşşoqlikda yaşaydi.

Oxfam yana bir bor Germaniyada ham, global miqyosda ham öta boylarni yanada qat’iy va izçil tarzda soliqqa tortiş tarafdori ekanini bildirdi. Xususan, taşkilot milliarderlar uçun soliq joriy etişni şunday çora sifatida atadiki, undan tuşadigan daromad moddiy mablağlarni yanada adolatli taqsimlaşga, iqlim özgarişiga qarşi kuraşga va demokratiyani himoya qilişga yordam berişi mumkin.