Fakt: Time Trampni «Amerika Tarqoq Shtatlari prezidenti» deb tanishtirdi
Amerikaning Time jurnali «2016 yil odami» deb e'lon qilingan Donald Trampni «Amerika Tarqoq Shtatlari prezidenti» (President of the Divided States of Amerika) sifatida tanishtirdi.
«Mamlakat saylovlar mavsumini har doimgidan ham bo‘lingan holda o‘tkazdi», — degan jurnal bosh muharriri Nensi Gibs.
Kecha Donald Tramp o‘z tvitterida «soat 7.30da Today Show undan intervyu olishini» yozib, o‘zining «yil odami» deb e'lon qilinishiga sha'ma qilgandi. Keyinroq Today Show chorshanba kuni «yil odami»dan intervyu olishi ma'lum bo‘ldi. Ko‘p o‘tmasdan Time AQShning yangi saylangan prezidentini «Yil odami» deb topdi.
Bu yil Trampga 11 nomzod raqiblik qildi, ular orasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an, Britaniya mustaqillik partiyasi asoschisi Nayjyel Faroj, AQSh prezidentligiga sobiq nomzod Hillari Klinton, Facebook asoschilaridan biri Mark Tsukerberg bor edi.
Time jurnali 1927 yildan buyon «yil odami»ni aniqlab keladi. 1950 yilga qadar bu nomga aniq shaxslar sazovor bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik mavhum qahramonlar ham mazkur nomni olgan.
Time jurnali «Yil odami»ni e'lon qildi
Tramp «Yil odami» deb topilgani u uchun katta sharaf ekanligini aytdi
Mavzuga oid
11:42 / 21.10.2024
Tramp Pensilvaniyada McDonald’s xodimi bo‘lib ishladi
23:13 / 20.08.2024
Tramp prezidentlik saylovida g‘alaba qozonsa Ilon Maskka Oq uydan lavozim taklif qiladi
21:54 / 04.08.2024
Tramp Putinni mahbuslar almashinuvi bilan tabrikladi
16:47 / 23.11.2023