Infantino JCh ishtirokchilari sonini 48taga yetkazish qaroridan qaytmaydi
FIFA prezidenti Janni Infantino jahon chempionati formatini o‘zgartirishning yomon tomonlarini ko‘rmayapti. Uning fikricha, JCh ishtirokchilari soni oshishi futbol rivoji uchun katta imkoniyatlar beradi.
U 2026 yilgi jahon chempionatidan boshlab ishtirokchilar sonini 48taga yetkazish, musobaqani 3ta jamoadan iborat 16ta guruhda o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
«Yangi format bo‘yicha musobaqa avvalgidek 32 kun davomida o‘tkaziladi. Stadionlar soni ham hozirgidagidek 12ta qoladi. Bu terma jamoalarga ortiqcha qiyinchilik tug‘dirmaydi. Klublarning taqvimlariga ham ta'sir ko‘rsatmaydi. Bu tashabbusning salbiy tomonlarini ko‘rmayapman. Aksincha, dunyo futbolining rivojlanishi uchun juda katta turtki bo‘ladi. Shunda shu vaqtgacha mundialda ishtirok eta olmay kelayotgan terma jamoalar nihoyat mundial ishtirokchisiga aylanishi mumkin», degan Infantino FIFA sammitida.
Mavzuga oid
09:10 / 28.03.2017
Infantino Messi va Ronalduni taqqosladi va kim yaxshiroqligini aytdi
10:21 / 01.03.2017
JCh-2026’da konfederatsiyalarga nechtadan o‘rin ajratiladi?
16:53 / 16.02.2017
Infantinoning yana bir taklifi: JCh-2026 har qachongidan boshqacha o‘tadi
12:36 / 12.01.2017