Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shveytsariyada quyosh batareyalarida parvoz qiladigan stratosfera samolyoti yasaldi
Shveytsariyaning Payyern shahrida ilk marotaba SolarStratos nomli quyosh batareyalarida ishlovchi samolyot namoyish etildi. Bu haqda ishlab chiqaruvchilar xabarida so‘z yuritilgan. Ikki kishilik samolyot vazni atigi 450 kg bo‘lib, qanotlari qamrovi 24,8 metrni, samolyot uzunligi 8,5 metrni tashkil etadi. Uning qanotlari va dum qismi quyosh panellari bilan qoplangan.
Panellar tomonidan ishlab chiqarilgan energiya 32 kVt quvvatdagi elektromotorni harakatga keltiradi. U diametri 2,2 metrlik propellerni aylantiradi. Samolyot Rafayel Domyan ijodiga mansub. U 2012 yilda quyosh energiyasida ishlaydigan PlanetSolar kemasida dunyoni aylanib chiqqan ilk sayyohatchi bo‘lgani bilan mashhur. Samolyotning o‘ziga xosligi shundan iboratki, konstruktorlarning uqdirishlaricha, u birinchi marta stratosferaga – 25 ming metr balandlikka ko‘tarilishi mumkin.
Vaznni yengil qilish maqsadida uchuvchilar xonasi germetiklanmagan. Shu sababli uchuvchilar maxsus skafandrlarni kiyib uchishlari talab etiladi. Uning ilk sinovi 2017 yil fevraliga belgilangan. Stratosferaga ilk parvozlar 2018 yilda amalga oshiriladi.



Mavzuga oid
22:32 / 25.06.2026
Gulnora Karimovaning Shveytsariyada musodara qilingan 43,5 mln dollar aktivlari tibbiyotga yo‘naltirildi
09:45 / 23.06.2026
Shveytsariyadagi muzokaralardan so‘ng Eron nefti uchun yo‘l ochildi
08:55 / 20.06.2026
OAV: Uitkoff Eron bilan muzokaralar uchun Shveytsariyaga yo‘l oldi
20:20 / 14.06.2026