Abdulaziz Komilov Hamburgda yevropalik hamkasblari bilan uchrashdi
2016 yilning 8 dekabr kuni YeXHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etayotgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Hamburg shahrida Polsha Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vitold Yan Vashikovskiy, Vengriya Tashqi ishlar vaziri Peter Siyarto, Avstriya Respublikasining Yevropa ishlari, integratsiya va tashqi ishlar masalalari bo‘yicha federal vaziri Sebastian Kurts, Kanada Tashqi ishlar vaziri Stefan Dion bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi.
Muzokaralar chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari hamda siyosiy, savdo-iqtisodiy va hamkorlikni kengaytirish uchun yirik salohiyat ega boshqa sohalardagi aloqalarning amaliy jihatlari muhokama qilindi.
O‘zbekiston tomoni YeXHT TIVKda ishtirok etayotgan delegatsiyalar rahbarlarini 4 dekabrda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Prezidenti saylovi natijalari hamda ovoz berish jarayonini monitoring qilish maqsadida 500dan ziyod xalqaro kuzatuvchilar, jumladan YeXHT DIIHB va boshqa xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar Missiyalari ishtirok etgani to‘g‘risidagi ma'lumot bilan tanishtirdi.
Uchrashuvlarda xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan ham fikr almashildi.
Mavzuga oid
16:10 / 12.10.2024
Hamburgda Anna Politkovskaya maydoni paydo bo‘ldi
19:07 / 13.09.2024
Abdulaziz Komilov AQShning Afg‘oniston bo‘yicha vakili bilan uchrashdi
11:10 / 14.08.2024
Abdulaziz Komilov: «Qo‘shnilar bilan hech qanday muammo bo‘lmasligiga erishish – tashqi siyosatimizning ustuvor yo‘nalishi»
15:50 / 20.01.2024