Amerika OAV «Status-6» tizimidagi muqobil boshqaruvdagi suv osti kemasi sinalgani haqida jar solmoqda
Rossiya harbiylari o‘zi harakat qiladigan suv osti kemasini sinovdan o‘tkazdi. U «Okean ko‘pmaqsadli "Status-6" tizimi» bilan bog‘liq ravishda amalga oshirilgan hamda yadro qurolini tashiy oladi. Bu haqda Washington Free Beacon nashri sharhlovchisi Bill Gerts xabar qilmoqda.
AQShda Kanyon deb ataluvchi qurilmaning sinovi 27 noyabrda bo‘lib o‘tgan. Unda 20120 loyihasidagi B-90 «Sarov» suv osti kemasining nimalarga qodirligi tekshirib ko‘rilgan. Garchi, bundan Amerika razvedkasi xabar topgan bo‘lsa-da, unga doir boshqa tafsilotlar ma'lum emas.
Washington Free Beacon sharhlovchisining fikricha, bu qurilma mustaqil harakatlanuvchi suv osti kemalari orasida inqilob yasaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kanyon «yadro qurollari orasidagi eng yirigi bo‘lgan megatonna toifasidagi qurol bilan jihozlanadi».
Pentagon rasmiy vakili Jyeff Devis o‘z navbatida, mazkur xabarni izohlashdan bosh tortgan. «Biz Rossiya suv osti texnologiyalari rivojini diqqat bilan kuzatmoqdamiz, ammo uni izohlamaymiz», — degan Devis.
Mavzuga oid
22:03 / 12.11.2024
AQSh hukumati NUJ bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin
16:55 / 12.11.2024
Tramp millionlab migrantlarni deportatsiya qilishni rejalashtirmoqda - OAV
09:15 / 12.11.2024
AQSh Suriyada eronparast guruhlar obektlariga zarba berdi
16:42 / 11.11.2024