Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya Trans-Tinch okeani hamkorligiga qo‘shilish bitimini ratifikatsiya qildi
Yaponiya parlamentining yuqori palatasi Trans-Tinch okeani hamkorligiga qo‘shilish haqidagi bitimni tasdiqladi. Avvalroq, kelishuv quyi palata tomonidan ham ratifitsikatsiya qilingandi. Juma kuni esa hujjat yakuniy tarzda tasdiqdan o‘tdi.
Yaponiya tomonidan bitimni tasdiqlash AQSh prezidenti Donald Trampning ushbu iqtisodiy birlashmaga bo‘lgan salbiy munosabati bilan bir vaqtda ro‘y berdi. U bir necha bor o‘z mamlakatini TTHga qo‘shilmasligi haqida ta'kidlab o‘tgan. AQSh Kongressi amaldagi prezident Barak Obamaning barcha sa'y-harakatlariga qaramay ushbu hujjatni tasdiqlamadi.
TTH – Osiyo-Tinch okeani mintaqasiga kiruvchi 12 mamlakatning savdo ittifoqi bo‘lib, uning maqsadi – hamkorlik uchun ijobiy sharoitlarni yaratish, tarif cheklovlarini kamaytirish, savdo, iqtisodiy, ekologik va mehnat qoidalarining o‘zaro bog‘liqligini ta'minlashdan iborat. Alyansni yaratish haqida bitim 4 fevral kuni Oklendda (Yangi Zelandiya) imzolangan. TTHga kiruvchi davlatlar hisobiga jahon IIMning deyarli 40 foizi to‘g‘ri keladi.
Hujjat tuzilmaning barcha a'zolari uni tasdiqlasa kuchga kiradi. Biroq, Tramp mamlakatni TTH kelishuvlariga qo‘shilmasligi haqida va'da bergan.
Mavzuga oid
14:44 / 23.01.2026
O‘zbekistonlik haydovchilar uchun Yaponiyada oyiga kamida 2 ming dollar maosh taklif etilmoqda
11:47 / 21.01.2026
Sindzo Abeni otib o‘ldirgan shaxs umrbod qamoqqa hukm qilindi
15:57 / 20.01.2026
Yaponiya bosh vaziri muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishini e’lon qildi
22:40 / 06.01.2026