Jahon | 00:03 / 09.12.2016
4002
1 daqiqa o‘qiladi

Bangladeshdagi poyezdda chiqqan yong‘in natijasida 100dan ortiq kishi jabrlandi

Foto: samakal.

Bangladeshning markaziy qismi, Gazipur shahridagi  Kaliganx-Arixola stansiyasidagi poyezdda chiqqan yong‘in tufayli yuzaga kelgan tanglikda 100dan ziyod kishi jarohat olgan. Dhaka Tribune shu haqida xabar berdi

Stantsiya rahbari Dilip Chandra Dasaning so‘zlariga ko‘ra, yo‘lovchilar asosan yong‘indan darak beruvchi sirenadan keyin poyezd vagonlarini tark etayotganlarida jarohat olishgan. 

Manbaga ko‘ra, jabrlanganlar orasida ayollar va bolalar ko‘pchilikni tashkil qilgan. Voqea sodir bo‘lgan joyga yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar yarim soatda yong‘inni o‘chirishgan, biroq Dakkaga olib boruvchi yo‘l yana bir necha soat davomida bloklangan bo‘lgan. 

 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid