Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Berlinda yosh ayolga qilingan hujum tasvirlangan kadr nemislarni qattiq g‘azablantirdi
Nemis politsiyasi Berlin metrosida ayolga qilingan hujum tasvirlangan videoyozuvni taqdim etdi. Bu haqda Tagesspiegel xabar bergan.
Kadrda yosh ayolning zinalar bo‘ylab tushayotgani, uning ortidan esa to‘rt nafar erkak paydo bo‘lganini ko‘rish mumkin. Ulardan biri qizni oyog‘i bilan tepgan va natijada u zinalardan pastga qarab yiqilgan. Erkak esa bu holatni xotirjamlik bilan kuzatib, o‘z yo‘lida davom etdi.
Voqea 27 oktabr kuni yuz bergan bo‘lib, kuzatuv kameralari yordamida olingan videoyozuv yaqindagina tarqaldi. U nemis jamoatchiligining qattiq g‘azabiga sabab bo‘ldi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari kadrlar jinoyatchilarni tezroq topishda yordam berishiga umid qilishmoqda.
Mavzuga oid
16:17 / 29.01.2026
Rossiya IIV: politsiyada kadrlar yetishmovchiligi 40 foizgacha yetmoqda
10:58 / 26.01.2026
Britaniyada “FTBga o‘xshash” politsiya xizmati paydo bo‘ladi
12:09 / 13.01.2026
Ispaniya politsiyasi 10 tonna kokain yuklangan kemani qo‘lga oldi
09:20 / 02.01.2026