Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obama AQSh ittifoqchilariga qurol-yarog‘lar yetkazib berishga ruxsat berdi
AQSh prezidenti Barak Obama Suriyadagi jangarilarga qarshi kurashayotgan AQSh ittifoqchilariga qurol-yarog‘lar yetkazib berish bo‘yicha rasmiy cheklovlarni bekor qildi. Bu haqda Amerika prezidenti ma'muriyatining matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Oq uy bayonotida aytilishicha, «AQShning Suriyadagi terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha amaliyotlarini qo‘llab-quvvatlayotgan yoki ko‘mak berayotganlarning amaliyotlari Qo‘shma Shtatlar milliy xavfsizligi manfaatlari uchun muhim ahamiyat kasb etadi».
Bundan tashqari, Amerika yetakchisi AQSh sanksiyalari ta'siridagi Suriyaga «harbiy aslahalar» va moliyalashtirish bo‘yicha amaldagi cheklovlarni ham bekor qilgan. Ta'kidlanishicha, ushbu qaror kuchga kirishi uchun davlat kotibi Jon Kerri va mudofaa vaziri Eshton Karter Kongressga batafsil ma'lumot taqdim etishi va uning qo‘llab-quvvatlashiga erishishlari lozim.
Mavzuga oid
11:58
Pentagon NUJlarga oid hujjatlarning navbatdagi qismini e’lon qildi
10:04 / 23.05.2026
AQSh Milliy razvedkasi rahbari iste’foga chiqdi
23:05 / 22.05.2026
Rubio AQShning Rossiya va Ukraina bilan muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirib qolganini aytdi
20:13 / 22.05.2026