Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya parlamentiga yangi konstitutsiya loyihasi taqdim etiladi
10 dekabr, shanba kuni prezidentlik boshqaruv shakliga o‘tish maqsadida Turkiya konstitutsiyasining yangilangan loyihasi mamlakat parlamentiga kiritiladi. Bu haqida Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim bergan ma'lumotga asoslanib, NTV telekanali xabar berdi.
"Turkiya va turk xalqi bu takliflar orqali kuchli parlament hamda qudratli ijro hokimiyatini ko‘zda tutuvchi yangi davrga qadam tashlamoqda. Bu demokratiyani mustahkamlaydi va koalitsiyalar davriga chek qo‘yadi. Biz ertaga barcha takliflarimizni parlamentga ko‘rib chiqish uchun taqdim etamiz", - dedi Yildirim.
Yangi qonun loyihasi parlamentga kiritilishidan avval hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi (ATP) hamda Milliy harakat partiyasi (MHP) vakillari qo‘shma bayonot bilan chiqish qilishi va konstitutsiyani o‘zgartirish bo‘yicha 20 taklifdan iborat paketni taqdim etishi kutilmoqda. 330 nafardan ortiq deputat buni yoqlab ovoz bersa, parlament referendumga konstitutsion tuzatishlar kiritadi. Referendum 2017 yilning mart yoki aprelida o‘tkazilishi mumkin.
Parlamentda 355 o‘ringa ega ATP va MHP vakillari referendumni yoqlab ovoz berishi kutilmoqda. Parlamentdagi qolgan ikki partiya esa Turkiyada prezidentlik tizimi joriy qilinishini yoqlamaydi. Ular mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anni yakkahokimlikka bo‘lgan urinishda ayblashmoqda.
Mavzuga oid
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026