Atambayev 11 dekabr saylovlari yuzasidan fikr bildirdi
Qirg‘iziston saylov tizimi isloh etilgani va shu bilan saylov jarayoni shaffofligini ta'minlay olishini amalda isbotlashi kerak. Respublika prezidenti Almazbek Atambayev mamlakat muvaqqat bosh vaziri Sooronbay Jeenbekov va Markaziy saylov komissiyasi raisi Nurjan Shayldabekova bilan uchrashuvida shu haqda so‘z yuritgan, deb xabar qilmoqda TASS agentligi.
«Biz Qirg‘iziston haqqoniy saylovlar o‘tkazadigan, referendumlar va saylovlar taqdirini fuqarolarning o‘zlari bevosita ovoz berish yo‘li bilan hal etadigan mamlakat ekanini namoyish etishimiz kerak. Xalq hokimiyati prinsiplarining o‘rnatilishi mamlakat barqarorligi, uning izchil rivojlanishi va muvaffaqiyati asosidir», — degan Atambayev.
Qirg‘iz davlat rahbari, shuningdek, hukumat va MSK 11 dekabrda bo‘lib o‘tadigan referendum va mahalliy hokimiyat organlari deputatligiga saylovlarda saylovchilarning o‘z xohish-irodasini erkin ifodalashi uchun barcha sharoitlarni yaratib berish zarurligini ta'kidlagan.
Referendum yakunidan kelib chiqqan holda, Qirg‘izistonda prezident vakolati qisqartirilishi, bosh vazir va parlament vakolatlari kengaytirilishi mumkin. Bundan tashqari, sud va huquq-tartibot tizimlari isloh etilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
17:23 / 21.12.2024
Sadir Japarov Yevroparlamentni Qirg‘iziston siyosatiga aralashmaslikka chaqirdi
18:05 / 20.12.2024
Sadir Japarov: Qirg‘izistonda tejalgan har bir litr suv qo‘shnilarimizga yordamdir
17:37 / 20.12.2024
O‘zbekiston elchisi prezident Sadir Japarovga ishonch yorliqlarini topshirdi
17:13 / 20.12.2024