Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Real”ning uch nafar yetakchi o‘yinchisi navbatdagi uchrashuvda ishtirok etmaydi
Foto: RealMadrid.com
“Real” futbol klubi hujumchilari Krishtianu Ronaldu va Karim Benzema, shuningdek yarim himoyachi Luka Modrich Ispaniya chempionaning 15-turidan o‘rin olgan “Deportivo” jamoasiga qarshi uchrashuvda ishtirok etishmaydi. Ular o‘yin qaydnomasiga kiritilmagan, deb xabar berdi klub matbuot xizmati.
Benzema mushaklardagi muammo sabab jamoa bilan umumiy mashg‘ulotlarda ishtirok etmayotgani sababli bosh murabbiy Zayniddin Zidan uning xizmatidan foydalanmaslikka qaror qildi. Ronaldu va Modrich ham Primera bellashuvida ishtirok etmaydi. Ularga Yaponiyadagi klublar o‘rtasidagi jahon chempionati oldidan hordiq chiqarish imkoniyati berildi.
Ma'lumot uchun, “Real” — “Deportivo” uchrashuvi bugun, 10 dekabr kuni Madridda bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
23:50 / 14.01.2026
Alonso ishdan bo‘shadi. Klasikoda yutqazgani uchun emas
02:24 / 12.01.2026
«Barselona» finalda «Real»ni yengib, Ispaniya superkubogini qo‘lga kiritdi
01:15 / 29.12.2025
Ronaldu Yaqin Sharqning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi
22:17 / 16.12.2025