Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Chelsi» qatorasiga to‘qqizinchi g‘alabasiga erishdi APL turnir jadvalida birinchi o‘ringa qaytdi
Angliya Premer-Ligasining 15-turida «Chelsi» «Vest Bromvich Albion»ni qabul qildi va kichik hisobdagi g‘alabaga erishdi.
O‘yin taqdirini 76-daqiqada Diyego Kosta tomonidan urilgan yagona gol hal qildi. Antonio Konte shogirdlari ustunlikni saqlab qoldi va ichki chempionatdagi qatorasiga to‘qqizinchi g‘alabaga erishdi.
Bu g‘alaba evaziga «Chelsi» APL turnir jadvalida birinchi o‘ringa qaytdi va«Arsenal»ni yana 3 ochkoga ortda qoldirmoqda. «Vest Bromvich» esa 20 ochko bilan sakkizinchi o‘rinda joylashgan.
Chelsi – Vest Bromvich 1:0
Gol: 1:0 – 76 Diyego Kosta.
Chelsi – Kurtua, Aspilikueta, David Luiz, Keyhill, Alonso, Kante, Mozes (Fabregas, 74), Azar (Ivanovich, 79), Matich, Pedro (Villian, 63), Diyego Kosta.
Vest Bromvich – Foster, Douson, Evans, Makoli, Nom, Fletcher, Brant (Robson-Kanu, 84), Morrison (Shadli, 78), Yakob, Fillips (Makkleyn, 78), Rondon.
Ogohlantirishlar: Brant (19), Makoli (29), Kante (48), Douson (51), Yakob (56), Matich (88).
Mavzuga oid
10:29 / 10.05.2026
«Siti» poygaga qaytdi. Kun o‘yinlari
14:08 / 13.04.2026
«Siti» «Chelsi»ni yirik hisobda yengdi
21:21 / 16.03.2026
«Chelsi» Abramovich davridagi qoidabuzarliklar uchun 10 mln funt jarimaga tortildi
10:59 / 15.03.2026