Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IShID Palmiraga qaytdi
Foto: Reuters
Shu yilning bahorida Suriya armiyasi tomonidan IShID qo‘lidan ozod qilingan Palmira shahri yana jangarilar hujumiga uchramoqda.
Suriya armiyasi Rossiya aviatsiyasi yordamida shaharga qilinayotgan hujumlarni bartaraf etib turibdi.
«Rossiya Federatsiyasi hududidan uchgan oltita Tu-22M3 uzoq masofaga uchadigan bombardimonchilari Palmira sharqi va shimoli-g‘arbidagi, As-Suxna va Araq aholi punktlari yaqinidagi IShID marralariga parcha-fugasli o‘q-dorilar bilan zarbalar berdi. 300dan ortiq jangari o‘ldirildi, harbiy texnikalar yo‘q qilindi», — deyilgan Rossiya mudofaa vazirligi press-relizida.
Xabarda qayd etilishicha, jangarilar Palmira tomon yurish davomida portlovchi qurilmalar o‘rnatilgan avtomobillar va xudkush terrorchilardan foydalanmoqda.
Mahalliy nashrlar xabariga ko‘ra, Palmira ayni vaqtda qamal qilingan. Suriyalik harbiylar qopqonga tushib qolgani aytilmoqda.
Amaq xabariga ko‘ra, jangarilar Palmiradagi Faxr ad-Din qal'asini egallagan. Bu shahar tepaligida joylashgan muhim ahamiyatga ega obekt sanaladi. Bahorda aynan shu tepalik suriyalik harbiylar tomonidan egallanganidan keyin shahar ozod qilingani e'lon qilinib, IShID bayrog‘i namoyishkorona yoqilgandi.
Ayni vaqtda Palmiraning bir qismi jangarilar qo‘liga o‘tgan.

Palmira 2015 yilning may oyida IShID nazoratiga o‘tgandi. 2016 yilning 27 mart kuni Suriya armiyasi Rossiya aviatsiyasi ko‘magida jangarilarni shahardan siqib chiqargandi.
Mavzuga oid
17:59 / 29.12.2025
Turkiyada 3 nafar politsiya xodimi IShIDga qarshi operatsiya chog‘ida halok bo‘ldi
12:30 / 26.12.2025
AQSh Nigeriyada IShID obektlariga zarba berdi
00:00 / 15.12.2025
Suriyada IShIDga qarshi operatsiya boshlandi
11:39 / 01.12.2025