Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya va Qozog‘iston Turkiyaga hamdardlik bildirdi
Foto: Reuters
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Qozog‘iston rahbari Nursulton Nazarboyev Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anga Istanbuldagi terakt munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
Rossiya rahbari bu teraktlarni qattiq qoralagan va terakt ijrochilari topilib, jazolanishiga umid bildirgan. U xalqaro terrorizmga qarshi kurashda hamkorlikni kuchaytirishga chaqirgan.
Bundan tashqari, Putin qurbonlarning yaqinlariga hamdardlik izhor qilgan.
Qozog‘iston rahbari Erdo‘g‘anga yo‘llagan ta'ziyanomasida bu voqea haqida eshitib, chuqur qayg‘uga tushgani bildirilgan.
«Biz bu og‘ir pallalarda Turkiya bilan birgamiz va dunyoda tinchlikni ta'minlashda o‘z yordamimizni ko‘rsatishga hamisha tayyormiz», - deyilgan telegrammada.
Istanbulning Beshiktosh tumanida joylashgan Vodafone Arena o‘yingohi yaqinida 10 dekabr oqshomida sodir etilgan teraktlar tufayli 38 kishi halok bo‘ldi va 160 kishi jarohatlandi.
Turkiyada bir kunlik motam e'lon qilingan.
Mavzuga oid
15:36 / 07.04.2026
Istanbulda Isroil konsulxonasi oldida otishma ro‘y berdi
19:23 / 06.04.2026
«Krokus»dagi terakt uchun sudlangan shaxs o‘z joniga qasd qildi
19:27 / 05.04.2026
Bosh konsulxona Turkiyada bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi
09:41 / 13.03.2026