O‘zbekiston | 11:15 / 11.12.2016
20096
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbeklar Havayida: ilk o‘zbek restorani ochilishiga tayyorgarlik ketmoqda

Foto: Fotolia

Havayinining Gonolulu tarixiy markazida o‘zbek oshxonasi ilk bor ochiladi. Bu haqda Pacific Business News xabar bermoqda.

Silk Road Cafe restoranini ochayotgan jamoa o‘zbekistonlik er-xotin Akrom va Ma'mura Yuldoshevalar hisoblanadi. Restoran keyingi yilning boshida avvallari The Honolulu Advertiser nashri ishlagan «Arkada» uch qavatli binosining birinchi qavatida ochiladi.

Silk Road Cafe nomi Buyuk Ipak yo‘li sharafiga nomlangan bo‘lib, dushanbadan jumaga qadar tushlik vaqtlarida ishlaydi.

Silk Road Cafe’da ayni vaqtda ta'mirlash ishlari yakunlangan. Bu yerda xo‘randalarga manti, lag‘mon, palov va o‘zbek milliy taomlarining boshqa namunalari taqdim etiladi.

Mavzuga oid