00:05 / 12.12.2016
13929

«Atletiko»ga 100 million yevro taklif qilishmoqda. Futbolchi uchun emas

«Atletiko» klubi xo‘jayinlaridan biri hisoblanadigan Xitoyning Wanda Group kompaniyasi jamoaning yangi stadioni nomini «Wanda Metropolitano» deb nomlash uchun katta pul to‘lamoqchi.

Marca nashri xabariga ko‘ra, klub bu kelishuvdan 10 yil ichida 100 mln yevro daromad oladi. Yangi stadion 2017-18 yilgi mavsumga tayyor bo‘ladi va 72 ming tomoshabinni o‘z bag‘rida sig‘dira oladi.

Bundan tashqari, klubning turli musobaqalardagi muvaffaqiyatli ishtiroki natijasida bu to‘lovning miqdori yanada oshishi mumkinligi aytilgan.

Ma'lumot uchun, Wanda Group kompaniyasi klubning 20 foizlik aksiyasiga egalik qiladi.

 

Mavzuga oid
Top