Jahon | 10:25 / 12.12.2016
10697
2 daqiqa o‘qiladi

KXDR Seulga zarba berishga tayyor ekanligini aytib tahdid qildi

Foto: AFP

KXDR Janubiy Koreyadagi prezident impichmenti fonida istagan vaqtda Seulga zarba berishga tayyor ekanligini aytdi. Bu haqida KXDRning "Nodon sinmun" partiyaviy gazetasida xabar berildi. 

"Bizning qurolli kuchlarimiz va qudratli strategik vositalarimiz final hujum uchun signal raketani kutishmoqda", - deya ta'kidlanmoqda Koreya ishchilar partiyasi gazetasida. 

Manbaga ko‘ra, AQSh va Janubiy Koreya tomonidan Pxenyanning yadroviy va raketa dasturini to‘xtatishga qaratilgan harbiy-siyosiy bosim tufayli KXDRning sabri tugab bormoqda.

Janubiy Koreyaning KBS telekanalida ta'kidlanishicha, kuni kecha KXDR OAV mamlakatda Seuldagi prezident qarorgohini qo‘lga olish bo‘yicha Koreya xalq armiyasining 525-qism maxsus jangarilarining harbiy mashqi o‘tkazilgani to‘g‘risida xabar bergan. Buning uchun poligonda Janubiy Koreya prezidenti qarorgohining aniq nusxasi barpo etilgan. 

Janubiy Koreyaning Ryonxap agentligiga ko‘ra, Pxenyan yaqindagina bo‘lib o‘tgan AQSh va Janubiy Koreyaning Vigilant ACE harbiy mashqlari va KXDRga BMT XK hamda bir qator boshqa mamlakatlar tomonidan joriy etilgan yangi sanksiyalarga shu tarzda javob qaytargan. Sanktsiyalar kiritilishiga yilning boshida Shimoliy Koreyada o‘tkazilgan beshinchi yadroviy sinov va bir qator ballestik raketalar sinovi sabab bo‘lgan.

 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid