Jamiyat | 21:35 / 12.12.2016
11014
1 daqiqa o‘qiladi

Niderlandiyada bolaga ikkita ota-ona tanlashga imkoniyat berishmoqchi

Foto: Getty Images

Niderlandiyada oila qonunchiligi diqqat bilan ko‘rib chiqilishi kerak. Bu real hayotga moslashib, oila qurishga hamohang tarzda bo‘lmog‘i lozim. Bu haqda mamlakat xavfsizlik va adliya vaziri Ar van der Styor o‘z ma'ruzasida aytib o‘tgan.

Mutaxassislar bu ishlarga taalluqli hujjatlarni tayyorlashga 2,5 yil vaqt sarflashdi. Yakunda ular bolalarni huquqiy himoya qilish uchun 68ta tavsiya ishlab chiqishdi.

Masalan, ma'ruzada aytilishicha, qonun bolaga bitta emas ikkita ota-onaga ega bo‘lishi imkoniyatini taqdim etishi zarur. Bu yerda gap ajrashib ketgan va boshqa oila qurgan ota-onalar haqida bormoqda.

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid